O‘zDJTU Kengashining 6-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 2-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 6-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zDJTU Kengashi raisi, universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hujjatlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshiriqlari ijrosi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborot tinglandi.
Shuningdek, universitetda 2025-yil davomida moliya-iqtisod yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, ta’lim xizmatlari eksporti ijrosi, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda elektron kutubxonani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilmiy unvonlar va lavozimlarga tanlovlar, shuningdek 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.