9-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi va Indoneziyaning Gunadarma universiteti bilan hamkorligidagi qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida muhim uchrashuv bo’lib o’tdi.
Dasturda ishtirok etayotgan O'zDJTUning 10 nafar professor-o‘qituvchilari Tarmoq markazida o‘tkazilgan 72 soatlik malaka oshirish bosqichini muvaffaqiyatli yakunladilar. Endilikda ular o‘z o‘quv faoliyatlarini Indoneziyaning Bali orolida o‘quv jarayoni davom ettiradilar.
Mazkur tashrif professor-o‘qituvchilarimiz uchun nafaqat ilmiy-metodik rivojlanish, balki global ta’lim tajribasi bilan bevosita tanishish, Indoneziyaning madaniy va ta’limiy muhiti bilan muloqot qilish imkoniyatini ham yaratadi.zkur xizmat safari Prezidentning 2017-yil 20-apreldagi 2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-son qarori, 2025-yil 20-yanvardagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 6-son bayonnomasi, hamda 2025-yil 26-martda Gunadarma universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan.
Uchrashuv davomida rektor Ilxomjon Tuxtasinov delegatsiya a’zolariga safar davomida rioya qilinishi lozim bo‘lgan tartib-intizom, hamkorlik doirasidagi vazifalar, xalqaro protokol talablari haqida batafsil ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mazkur safar ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy, akademik va innovatsion hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi. Rektor delegatsiya a’zolariga samarali muzokaralar, foydali tajriba almashinuvi va omad tiladi.
Xizmat safari ishtirokchilari ro‘yxati:
1. Sulaymonova Dilafruz Akmalovna
Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
2. Muxitdinov Dilshod Tohirovich
Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi katta o‘qituvchisi
3. Shamuratova Dilnoza Jamolovna
Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi katta o‘qituvchisi
4. Anarkulova Guzal Abdurashid qizi
Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi o‘qituvchisi
5. Ashirova Madina Turaevna
Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi
6. To‘xtaqulova Oygul Hasan qizi
Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi stajyor-o‘qituvchisi
7. Gataullina Maryam Timurovna
Tarjimonlik fakulteti, Ingliz til tarjima nazariyasi kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
8. Xudayberdiyeva Laylo Zoxidjon qizi
Tarjimonlik fakulteti, Ingliz til tarjima nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi
9. Umirzoqova Sevaraxon Ziyomitdin qizi
Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi o‘qituvchisi
10. Zikirov Odiljon Obidjonovich
Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi.