13-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda professor-oʻqituvchilari Yaponiya imperatori Naruhito tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etdilar.

Maʼlumot oʻrnida, Yaponiya imperatori Naruhito 1960-yil 23-fevralda tavallud topgan bo‘lib, 2019-yil 1-may kuni taxtga o‘tirgan. U sobiq imperator Akihitoning o‘g‘li bo‘lib, Yaponiya tarixidagi 126-imperator hisoblanadi. Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, Yaponiya imperatori davlat va xalq birligining ramzi sanaladi.

Imperator Naruhito xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash hamda ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati bilan jahon hamjamiyatida katta e’tirofga sazovor bo‘lgan. Uning tashabbuslari tinchlik, o‘zaro hurmat va ilmiy hamkorlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan.

Tadbirda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev hamda Yapon filologiyasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim, madaniyat va ilm-fan sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur tantanali tadbir Oʻzbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda madaniy aloqalarni yana-da kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube