O‘zDJTUda Ibrohim G‘afurov nomidagi Tarjima va ijod maktabini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi

O‘zDJTUda Ibrohim G‘afurov nomidagi Tarjima va ijod maktabini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari Tarjimonlik fakulteti qoshida tashkil etilayotgan Ibrohim G‘afurov nomidagi Tarjima va ijod maktabini barpo etish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mazkur markazni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, uning mazmun-mohiyatini yanada boyitish hamda kelgusida tarjima va ijod yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yosh mutaxassislar uchun ilmiy-ma’rifiy va ijodiy markazga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor tomonidan Tarjima va ijod maktabining har bir bo‘limini mazmunan boy, interaktiv va innovatsion yondashuv asosida shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun, Tarjima va ijod maktabi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

Ibrohim G‘afurovning hayoti va ijodi;

O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetidagi pedagogik va ilmiy faoliyati;

O‘zbek adabiyotidan amalga oshirgan tarjimalari;

Jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi faoliyati;

O‘zbekiston tarjimashunoslari va tilshunoslari;

Ibrohim G‘afurovning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari.

Mazkur Tarjima va ijod maktabi buyuk tarjimon va adib Ibrohim G‘afurovning boy ilmiy-ijodiy merosini keng targ‘ib etish, tarjimashunoslik maktabini rivojlantirish hamda yosh tarjimonlarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube