O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasidan o‘tkazildi

O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasidan o‘tkazildi

2-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan navbatdagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokamada Hakimova Zamira Xurram qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi jargonlarning lingvomadaniy xususiyatlari va leksikografik talqini” mavzusidagi dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ilmiy muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, dissertatsiyada qo‘llanilgan ilmiy yondashuvlar yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya muallifi tadqiqot mazmuni va erishilgan ilmiy natijalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube