O‘zDJTUda “Vazir kubogi” chim ustida xokkey musobaqasi yakunlandi
Final bahslaridan so‘ng musobaqaning yakuniy natijalari e’lon qilindi.
Murosasiz kechgan o‘yinlarda 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) talaba-qizlari jamoasi qo‘lga kiritib, “Vazir kubogi” sohibiga aylandi.
2-o‘rinni Andijon davlat chet tillar universiteti, 3-o‘rinni esa Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi egalladi.
Taqdirlash marosimi yakunida g‘olib jamoalar va sovrindorlarga rag‘batlar topshirildi: 1-o‘rin sohiblariga 50 million so‘m pul mukofoti hamda “Vazir kubogi”, 2-o‘rin uchun 40 million so‘m pul mukofoti va sertifikat, 3-o‘rin egalariga 30 million so‘m pul mukofoti hamda sertifikat berildi.
Sovrindorlarni mukofot puli va kubok bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Chim ustida xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Axmadulin Rinat Galimjanovich topshirdi.
Musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilib, talaba-qizlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish va raqobat muhitini yanada kuchaytirdi.