Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi ilmiy seminar muhokamasidan o‘tkazildi
16-iyul sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshboyeva Laylo Jurayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Talabalarga turizm sohasiga oid terminlarni raqamli texnologiyalar orqali o‘qitish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama oflayn va ZOOM platformasi orqali onlayn formatda tashkil etildi. Unda ilmiy seminar a’zolari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Muhokama davomida dissertatsiya ishining mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ilmiy izlanish natijalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Ilmiy seminar yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar qabul qilindi.
2026-07-17 10-18