PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi tashkil etildi. Majlisda Jakupov Georgiy Andreyevich tomonidan 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Morfonologik xususiyatlar rus tili fuzionligining namoyon bo‘lishi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Tadqiqot ishida rus tilining morfonologik tizimi hamda uning fuzion til sifatidagi o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil etilgan.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy natijalari va amaliy ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirildi. Keng muhokamalardan so‘ng dissertatsiya ishi munosib baholanib, izlanuvchining ilmiy darajaga sazovor ekanligi e’tirof etildi.

Jakupov Georgiy Andreyevichni muvaffaqiyatli himoya bilan qutlaymiz va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yangi yutuqlar tilaymiz.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube