Rektorning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor I. Tuxtasinov raisligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

Yig‘ilishda universitet rahbariyati, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda lavozimga tayinlangan xodimlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, muhim masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglandi. 

Jumladan:
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov 2025–2026 o‘quv yilining birinchi yarmi yakuniy nazoratlarini o‘tkazish jarayoni hamda bahorgi semestrga tayyorgarlik holati haqida ma’lumot berdi.
-O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov fakultetlarda yakuniy nazorat ishlarining borishi yuzasidan axborot berdi.
- Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i S. Rahmonov  census.stat.uz sayti orqali universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining borishi haqida ma’lumot taqdim etdi.
-Universitet manfaatlarini himoya qilish va ichki ma’lumotlarning sizib chiqishi holati bo‘yicha xizmat tekshiruvini tayinlash masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala bo‘yicha ma’naviyat va yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiev axborot berdi.

Yig‘ilishda universitet bo‘yicha chiqarilgan navbatdagi buyruq doirasida tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

 

 

Boltabaev Mahmudjon Rustamovich 2026-yil 19-yanvardan Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube