OʻzDJTU xotin-qizlar psixologi Sh. Boʻstonova tomonidan Ingliz filologiyasi fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh. Zokirov bilan hamkorlikda fakultet professor-oʻqituvchilari uchun “Z avlod vakillarining individual psixologik xususiyatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningning asosiy maqsadi — bugungi Z avlod talabalari bilan ishlash jarayonida mavjud psixologik farqlarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida kognitiv uslub, emotsional sezuvchanlik hamda motivatsiya mexanizmlari uch asosiy yo‘nalish kesimida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarda uchraydigan psixologik zo‘riqish va kasbiy charchoqni yengillashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasbiy kuyish holatlarining psixologik ildizlarini aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida muhim xulosa shakllandi:
Z avlod vakillarini tushunish — talablarni pasaytirish emas, balki ularga mos va samarali yondashuvni shakllantirishdir.

Mashg‘ulotlarda rol almashish texnikasi qo‘llanilib, ustozlar Z avlod nuqtayi nazaridan muloqotni his etish imkoniga ega bo‘lishdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube