“Sog’lom ruhiyat – baxtli turmush” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti “Yoshlar kuni” doirasida talabalari ishtirokida “Baxt garmonlari va ularning inson ruhiy holatidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirni universitet psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Sharq filologiyasi fakulteti tyutori G. Odilova bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Suhbat davomida neyromediyatorlarning inson miyasi faoliyati, emotsiyalar, motivatsiya va xulq-atvorga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar serotonin, dopamin, oksitatsin va endorfin kabi muhim neyromediyatorlarning vazifalari, ularning yetishmovchiligi yoki ortiqchaligi inson kayfiyati, stressga chidamlilik hamda psixologik barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi bilan tanishdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarda ruhiy salomatlikni asrash, stressni boshqarish hamda ijobiy emotsional holatni shakllantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.