Sport tadbirlari davom etmoqda
Joriy yilning 30-iyul kuni Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga qaratilgan sport tadbirlari tashkil etildi.
Musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy chiniqish va sport madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Sport orqali talaba-yoshlarda hamjihatlik, jamoaviylik, qat’iyat va g‘alabaga intilish kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Universitetda yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etish hamda sportni hayot tarziga aylantirishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
2026-07-30 01-43