Toshkent xalqaro investitsiya forumi tarjimon-volontyorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi tarjimon-volontyorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadigan tarjimon-volontyorlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda universitet mas’ullari ishtirok etib, forumning ahamiyati, tarjimon-volontyorlarning vazifalari va mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

 



Tadbirni universitetning Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektori Abdurahim Nosirov ochib berib, Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, forumda faoliyat yuritadigan har bir tarjimon-volontyor O‘zbekistonning xalqaro imiji, mehmondo‘stligi va madaniyatini namoyon etishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga forum dasturi, tashkiliy masalalar, xorijiy mehmonlar bilan muloqot qilish qoidalari, tarjimonlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, etika va kiyinish madaniyati bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar hamda forumdagi faoliyatlari yuzasidan zarur ko‘rsatmalar bilan tanishtirildilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube