Tyutor lavozimiga talabgorlar bilan suhbat jarayonlari olib borildi
Bugun, 11-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tyutor lavozimiga hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazildi.
Suhbatlar Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev hamda mas’ullar tomonidan olib borildi.
Unda talabgorlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, talabalar bilan ishlash tajribasi, muloqot madaniyati hamda tyutorlik faoliyatiga oid qarashlari baholandi.
Shuningdek, nomzodlarning talabalar bilan samarali ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, ta’lim va tarbiya jarayonidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi yondashuvlariga e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida talabgorlarning tyutorlik faoliyatiga munosabati, mas’uliyatni his etishi va jamoa bilan ishlash qobiliyati ham ko‘rib chiqildi.
2026-08-12 09-51