Umumta’lim maktablari va OʻzDJTU o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
24-yanvar kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan 104-umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1” kafedrasi o‘qituvchisi Gulmira Juraboyeva tomonidan tashkil etildi.
Dars jarayonida:
-
o‘quvchilarning uyga vazifalari tekshirildi;
-
warm-up mashg‘ulotlari o‘tkazildi;
-
qisqa matn o‘qilib, tahlil qilindi;
-
matn tarkibidagi yangi so‘z va iboralar o‘rgatildi;
-
mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi.
Mashg‘ulotning muhim jihatlaridan biri sifatida o‘quvchilarga “storytelling” metodi haqida tushuncha berilib, ushbu yo‘nalishda amaliy mashqlar bajarildi. Shuningdek, turli interaktiv o‘yinlar hamda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanildi.
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarning ingliz tilida fikr bildirish faolligi oshgani, matn bilan ishlash va voqealarni izchil bayon etish ko‘nikmalarida ijobiy o‘sish kuzatilgani qayd etildi.