UNESA va OʻzDJTU hamkorligi
OʻzDJTU Ingliz tili 1 - fakulteti dekani Guli Ergasheva hamda Ingliz tili integrallashgan kursi - 1 kafedrasi oʻqituvchisi Toʻxtaqulova Oygul Indoneziyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri - Surabaya davlat universiteti (UNESA) ga rasmiy tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif OʻzDJTU va UNESA oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek OʻzDJTU talabalarining pedagogik mahoratini takomillashtirish maqsadida UNESA qoshida tashkil etilgan LabSchool oʻz koʻrgazmalari bilan ishtirok etgan EduFun West-2026 yarmarkasiga tashrif amalga oshirildi hamda kelgusida universitetlar oʻrtasida talabalar malakaviy amaliyot dasturini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Labschool bitiruvchilarini O‘zDJTUning 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilish masalasi yuzasidan tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishildi.
G. Ergasheva UNESA universiteti hamda LPDP hamkorligida tashkil etilayotgan "International Community Development (ICD) – Community Training and Village Mentoring Program" xalqaro trening dasturida ishtirok etmoqda hamda dasturning kelgusi kunlarida Indoneziyaning Sharqiy Java orollaridagi Bondowoso tuman hokimiyati Kalianya kichik provinsiyasiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda va kelgusida yanada keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.