5-TTJda tartib-qoidalar va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5-son talabalar turar joyida universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev ishtirokida tartib-qoidalar va ichki intizom masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yashash tartibiga rioya etish hamda xavfsiz muhitni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida amal qilinishi lozim bo‘lgan ichki tartib-qoidalar, yong‘in va texnika xavfsizligi, tungi vaqtlarda osoyishtalikni saqlash, begona shaxslarning TTJ hududiga kiritilmasligi hamda shaxsiy mas’uliyat masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlik, turli salbiy holatlarga berilmaslik va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar.