“Vazir kubogi” arafasida tayyorgarlik ishlari jadallashdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.

Bugun musobaqada ishtirok etishi kutilayotgan oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlar jamoalarini kutib olish jarayonlari boshlandi. Universitet volontyorlari tomonidan mehmonlar samimiy qarshi olinib, ular uchun ajratilgan talabalar turar joylariga joylashtirilmoqda.

 

 

Ayni paytga qadar quyidagi oliygohlar jamoalari yetib kelib, joylashtirildi:
— Farg‘ona davlat texnika universiteti
— Farg‘ona davlat universiteti
— Andijon davlat chet tillari instituti

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika instituti jamoalarining ham yetib kelishi kutilmoqda.

Musobaqa oldidan ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashkiliy jarayonlar yuqori saviyada olib borilmoqda. Mehmonlarni kutib olish ishlari davom etmoqda.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube