17-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xorijiy talabalari istiqomat qilayotgan 6-sonli talabalar turar joyida pedagog Ibadullayeva Z.X. tashabbusi bilan an’anaviy sumalak va osh tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy talabalarni xalqimizning boy milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishtirish, madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona va bag‘rikeng muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar milliy taomlarimiz — sumalak va oshdan bahramand bo‘lib, samimiy suhbatlar qurdilar. Do‘stona va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik va birdamlik ruhini yanada mustahkamladi.