Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmoqda

2025-yil 10-dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot “Word formation: creating new words through word formation types” mavzusiga bag‘ishlanib, 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhda o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarning ingliz tilidagi asosiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni B2 darajadagi sertifikatga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot jarayonida ingliz tilida yangi so‘zlar hosil qilish mexanizmi va word formationning asosiy turlari yuzasidan tizimli nazariy tushunchalar berildi. Ushbu jarayonning til boyligini kengaytirish, fikrni aniq va ravon ifodalashdagi o‘rni amaliy misollar orqali yoritildi.

Shuningdek, o‘quvchilar juftlik va guruhlar asosida tashkil etilgan interaktiv mashqlar, matn tahlili hamda ijodiy topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarning mavzu yuzasidan faol ishtiroki va erkin fikr bildirish ko‘nikmalari namoyon bo‘ldi, bu esa ularning ingliz tilini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube