“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalari oʻtkaziladi

26-mart kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish oʻtkazildi. Respublika oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va prorektorlari, sport klublari rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi.

Mazkur yig‘ilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etishga qaratilgan mazkur musobaqalar Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi hamkorligida o‘tkaziladi.

Olimpiada 3 bosqichda tashkil etiladi:

— Oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida (1–30-aprel);
— Hududiy bosqich (1–15-may);
— Respublika finali (1–10-iyun).

Musobaqalar 7 ta sport turi — basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol boʻyicha yurtimizdagi barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube