Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida joriy yilning 1–15-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Kasimov Nodir Ulugʻovich, Oʻzbekiston talabalari sporti assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Qodirov Erkin Ibragimovich, shuningdek futbol, voleybol, gandbol, basketbol (3x3), yengil atletika, stol tennisi va suzish federatsiyalari vakillari hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari masʼullari ishtirok etdilar.

Yigʻilish davomida musobaqa dasturidan oʻrin olgan sport turlari boʻyicha tashkiliy ishlarni samarali yoʻlga qoʻyish, sport inshootlarining tayyorgarlik holatini oʻrganish, musobaqalarni oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarni ERP.SPORT.UZ platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni yuzasidan tegishli maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, ishtirokchi jamoalarni guruhlarga ajratish, hududiy bosqich oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, hakamlik, texnik taʼminot va tashkiliy masʼuliyatlarni aniq belgilab olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga musobaqalarni yuqori saviyada, shaffof va adolatli tarzda oʻtkazish boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube