“YO‘L MADANIYATI — XAVFSIZ HAYOT KAFOLATI” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

“YO‘L MADANIYATI — XAVFSIZ HAYOT KAFOLATI” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Bugun, 20-avgust kuni “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent shahar IIBB YHXB, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar Transport boshqarmasi hamkorligida “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” mavzusida ochiq muloqot va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtda yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish, haydovchi va piyodalarning o‘zaro hurmati hamda mas’uliyatini oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

 



Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev, Toshkent shahar Kengashi deputati, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turabjanov, “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi raisi Muharram Dadaho‘jayeva, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Orifjon Aliqulov, Toshkent shahar IIBB YHXB mutasaddilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

 



Muloqot davomida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti harakatini tartibga solish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda yo‘l harakati ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha mutaxassislarning amaliy taklif va tavsiyalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi 19-Farhod saylov okrugi deputati Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinovning ishtiroki ham ta’kidlandi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube