INGLIZ TILI IKKINCHI FAKULTETI
Fakultet tarixi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23-maydagi PQ-1971 sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. 2019 yil 28 avgustdagi Universitet kengashi qarori bilan Ingliz tili ikkinchi fakultetiga o’zgartirildi.
Fakultet tarkibi:
Dekan: Kulmatov Baxrom Gulyamovich, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori,
E-mail: bqulmatov@gmail.com
Ish vaqti: 08:30 dan 18:00 gacha
Dekan o’rinbosari:Abdusamadov Zafar Nurmatovich, Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD, dotsenti E-mail: zafarabdusamadov88@gmail.com
Ish vaqti: 08:30 dan 18:00 gacha
Dekan o’rinbosari:
Xasanov Zafar Baxtiyorovich,
E-mail: xasanovzafarw088eb@gmail.com
Ish vaqti: 08:30 dan 18:00 gacha
Fakultetda hozirgi kunda 2 ta ta’lim yoʻnalishida, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yoʻnalishilarida jami 2460 nafar talaba, shundan 1-bosqichda 490 nafar, 2-bosqichda 669 nafar, 3-bosqichda 515 nafar, 4-bosqichda 786 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ingliz tili № 2 fakulteti tarkibida 6 ta kafedra ya’ni 4 ta mutaxassislik va 2 ta nomutaxassislik kafedralar (Ingliz tili amaliy fanlar №2, Ingliz tili integrallashgan kursi №2, Ingliz tili nazariy aspektlari №2, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №2, Oʻzbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat va sport) faoliyat olib bormoqda.
Fakultetda bugungi kunda asosiy shtatda 137 nafar professor-oʻqituvchilar talabalarga ta’lim tarbiya berib kelishmoqda. Ulardan 6 nafari fan doktori (DSc) professorlar, 21 nafari fan nomzodi (PhD) dotsentlardir. Ilmiy salohiyat 19,7 % ni tashkil qiladi.
Ingliz tili ikkinchi fakultetda AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo, Osaka universitetlari, Pekin chet tillar universiteti, Turkiyaning Ankara, Istanbul, Gazi, Karabyuk universitetlari, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universiteti, Qozon federal universiteti, Qozog’iztonning Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetlari, Turkmanistonning Turkmaniston Milliy xorijiy tillar instituti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
Fakultetda tajribali professor-o’qituvchilar rahbarligida iqtidorli talabalar bilan ishlash juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Fakultetning iqtidorli talabalari tanlab olinib turli fan olimpiadalari, nufuzli ko’rik tanlovlar va nomli davlat stipendiyalariga har yili nomzodlar tayyorlanadi. Jumladan 2024-2025 o’qu yilining o’zida Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalaridan 1 nafari Prezident stipendiyasi, 1 nafari Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 4 nafari Navoiy nomli davlat stipendiyasi, 1 nafari Aleksandr Faynberg nomli davlat stipendiyasi, 2 nafari rektor stipendiyasi sohibiga aylandilar.
Fakultetda tayyorlanayotgan bakalavriyat yo’nalishida talabalarga Oʼqish va yozuv amaliyoti, Nutq koʼnikmalari integratsiyasi, Til aspektlari amaliyoti, Sotsiolingvistika, Chet tillarni o'qitishning uslub va tamoyillari, Chet tillarni oʻqitishning integrallashgan kursi, Nazariy grammatika va til tarixi, Kognitiv semantika, Akademik chet tili, Xorijiy tillarni oʻqitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, Psixolingvistika, Til o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari, Leksikologiya, Qiyosiy tipologiya, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Stilistika, Leksikografiyaning nazariyasi va amaliyoti kabi mutaxassislik fanlari chuqur o’rgatilmoqda.
Yuqorida tilga olingan bakalavriyat ta’lim dasturlarini bitirib chiqqandan keyin olinadigan malakaviy ko’nikmalar quyidagilardan iborat;
Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat: – umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida xorijiy til va adabiyotiga oid fanlardan o‘rnatilgan tartibda dars berish; – umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash; – ta’lim tizimida kabinet mudiri va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash; – mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash; – arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalarida, qo‘lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash; – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash.