20 oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34-yilligiga bagʻishlab “Boqiysan, Iftixorimsan, ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalarni tilimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshish maqsadida oʻqib izlanishga, xorijiy tillarni tillarni oʻrganishda tilimiz sofligini saqlashga undadi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, dramaturg Erkin Xushvaqtov, shoir va jurnalist Oʻktam Mirzayorov, taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim Toʻxtamirzayev, xorijlik oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ona tilimiz taraqqiyotida oʻziga xos tub burilishlar, tilimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilgan adiblar haqida soʻz yuritdilar.

Tadbir soʻngida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan insholar hamda video roliklar tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube