O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro RUR reytingida!

OʻzDJTU 2025-yilgi Round University Ranking (RUR) xalqaro reytingida ilk bor ishtirok etib:

  • Dunyo universitetlari oʻrtasida 1235-o‘rinni;
  • O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida esa faxrli 30-o‘rinni egalladi.

Bu muvaffaqiyat universitet tarixida yangi sahifa ochib, ta’lim, ilm-fan hamda xalqaro hamkorlik sohalaridagi izchil strategik islohotlarning aniq va samarali natijasi sifatida qaralmoqda.

Reytingda quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholash amalga oshirildi:

  • Ta’lim sifati (Teaching) – 1204 o‘rin;
  • lmiy tadqiqotlar (Research) – 1232-o‘rin;
  • Xalqaro ochiqlik (International Diversity) – 1178-o‘rin;
  • Moliyaviy barqarorlik (Financial Sustainability) – 1000-o‘rin;

Ma’lumot uchun: RUR reytingi 4 asosiy indikator asosida 20 dan ortiq sub-indikatorlar bo‘yicha baholanadi:

  • Ta’lim salohiyati (40%);
  • Ilmiy faollik (40%);
  • Xalqaro ko‘rsatkichlar (10%);
  • Moliyaviy barqarorlik (10%).

Xalqaro reytingdagi muhim yutuqlar:

  • Xalqaro o‘qituvchilar ulushi – 42.83%
  • Xalqaro hammualliflikdagi maqolalar – 20.15%

Ta’lim sifati va ilmiy faoliyatda barqaror rivojlanish — OʻzDJTUning global miqyosdagi obro‘sining yuksalyotganini ko‘rsatmoqda.

Ushbu natija jamoaviy mehnat, izchil islohotlar va xalqaro raqobatbardoshlik sari tashlangan dadil qadamdir. Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi uchun bu yutuq yangi marralar sari yanada qat’iyat bilan harakat qilish uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube