Joriy yilning 27-yanvar kuni 
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizova Nafruza Esanboyevna tomonidan Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun “Translation and Culture” mavzusida onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi o‘quvchilarda tarjima va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, xususan, madaniy birliklar va idiomalarni tarjima qilishdagi muammolar yuzasidan nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. 
Dars davomida tarjima tarixi, ingliz tilidagi mashhur idiomalar va ularning madaniy asoslari misollar orqali tushuntirildi. Nazariy materiallar taqdimot va videomateriallar yordamida yoritildi.
Mashg‘ulotning amaliy qismida o‘quvchilar idioma va metaforalarni tarjima qilish, mazmuniy ekvivalentlarni aniqlash hamda kontekstga mos tarjima variantlarini tanlash bo‘yicha mashqlarni faol bajardilar.
Xulosa qilib aytganda, “Translation and Culture” mavzusidagi onlayn mahorat darsi belgilangan maqsadlarga to‘liq erishishni ta’minlab, o‘quvchilarning tarjima sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi hamda ularning til va tarjima bo‘yicha bilimlarini yanada kengaytirdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube