O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 8–9-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 30-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining navbatdagi 8–9-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov raislik qildi.

 

 

Yig‘ilish kun tartibidan universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlari o‘rin oldi. Jumladan, davlat hujjatlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya va grant mablag‘larini jalb etish, ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish, ota-onalar bilan hamkorlik ishlari hamda fakultet va kafedralarning 2026-yil I-chorakdagi faoliyati bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Yig‘ilishda aholi jismoniy faolligini oshirish, sportni ommalashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

 “Turli masalalar” qismida moliyaviy mablag‘lar sarfi, ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiya mavzularini tasdiqlash, monografiyalarni nashrga tavsiya etish, xalqaro hamkorlik doirasidagi xizmat safarlari, talabalar tanlovlari hamda qabul parametrlariga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, bir qator professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube