18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov tomonidan talaba-yoshlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash muhiti, kundalik sharoitlari, o‘qish jarayoniga yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolari o‘rganildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

Shuningdek, talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube