“Teatr bor ekan, barhayot millat” 

24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

 

 

Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston davlat drama teatrining mashhur aktyorlari – Dono Boboxonova, Ravshan Dadajonov, Musallam Dadajonova va Bekzod Zokirov universitet mehmoni bo‘lishdi. Ular talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazib, teatr san’ati, aktyorlik mahorati va hayotiy tajribalari haqida qiziqarli suhbat olib borishdi.

Tadbir davomida talabalar taniqli aktyorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, iqtidorli talabalar tomonidan sahna chiqishlari, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etildi.

 

 

Ushbu tadbir O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Avlakulov Yashnarbek Ibragimovich tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Ingliz filologiyasi fakulteti hamda Sharq filologiyasi fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida mehmon aktyorlar hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube