Qorli muhitda iliq psixologik trening

O‘zDJTU xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari Z. Nazarova va L. Rahmatullayeva hamkorligida 3-kurs talabalari uchun “Sovuq havoni qaynoq energiyaga aylantiramiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur trening odatiy auditoriyadan tashqarida — qorli ochiq havoda o‘tkazildi. Sovuq ob-havo mashg‘ulotga to‘siq bo‘lmadi, aksincha, talabalar faolligi, jamoaviylik va ichki energiyani uyg‘otuvchi resurs sifatida samarali qo‘llanildi.

Treningdan ko‘zlangan maqsad:
— qor bilan bog‘liq harakatli mashg‘ulotlar orqali tana va emotsiya uyg‘unligini his etish;
— jamoaviy o‘yinlar orqali ishonch va hamkorlikni mustahkamlash;
— qishki muhitda stressni kamaytirish va energiyani tiklash usullarini amaliyotda sinab ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Trening yakunida talabalar:
“Bugun qordan energiya oldik”,
“Jamoada bo‘lish kuch bag‘ishlar ekan”,
“Sovuq bo‘lsa ham, ichimiz iliq bo‘ldi”,
deya o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube