Toyo universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Toyo universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarni qutlab, universitetda olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar almashinuv dasturlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

 

 

Tashrif doirasida mehmonlar universitetda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish bilan birga talabalar bilan muloqot qiladilar. Shuningdek, dasturga muvofiq amaliyotdan so‘ng delegatsiya a’zolari Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda, shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Hamidova hamda yapon tili o‘qituvchilari M. Ibragimova va M. Umarova ishtirok etdi.

 

 

Ma’lumot uchun: 

Mazkur tashrif Toyo universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Dasturga ko‘ra, 2026-yil 4–14-mart kunlari Toyo universitetining 10 nafar talabasi ikki nafar o‘qituvchi rahbarligida O‘zDJTUda amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurgan. Dastur Yaponiya tomoni tomonidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, talabalar amaliyot davomida o‘zbek oilalarida yashab, mamlakatimiz madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube