Turkiyada xalqaro loyiha doirasidagi uchrashuv va tashriflar davom etmoqda

Universitetlar delegatsiyasi “Qadimiy so‘z izida: Turkiya–O‘zbekiston til va adabiyoti mutaxassislar almashinuvi dasturi” davomida 2026-yil 17-18-aprel kunlari delegatsiya Hatay viloyatiga ham tashrif buyurishdi. GSB Hatay Yoshlar markazida mehmonlar uchun markaz faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mezbonlar delegatsiyaga Iskenderun shahri bo‘ylab sayohatda hamrohlik qilib, hududning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirdilar.
 

Shundan so‘ng ishtirokchilar O‘rta yer dengizi bo‘yida bo‘lib, madaniy hordiq chiqardilar hamda tarixiy obidalar bilan tanishdilar.
 

Shuningdek, Afşin tumanida joylashgan Alikaya maskaniga tashrif buyurib, hududning tabiiy va tarixiy go‘zalliklari bilan yaqindan tanishdilar.
Dastur yakunida loyiha doirasida yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga, xususan ustozlarimizga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning faol ishtiroki alohida e’tirof etildi. Shuningdek, O‘zbekistondan tashrif buyurgan ustozlar tomonidan milliy taomimiz - palov tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi.
Mazkur loyiha Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube